Ortiq Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan Runi "MYu"dan 34 mln evro talab qilmoqda

  • 2 iyul, 2017, 16:10
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi forvardi Ueyn Runi ortiq Joze Mourinoga kerak emas. Biroq, uni o‘z safiga qoshil olishni xohlayotgan jamoalarni futbolchining maoshi o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli angliyalik futbolchi haftasiga 340 ming evro maosh oladi.

Shu bois, “MYu” rahbariyati Runi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishni istamoqda. The Sun nashrining yozishicha, ular buning evaziga futbolchiga 11,4 mln evro konpensatsiya puli taklif qilishgan. Biroq, Ueyn bundan ancha ko‘p miqdorda pul talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi a’zosiga "Stok Siti", "Vest Xem" va "Everton" kabi birq qator APL jamoalaridan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. U shuningdek Xitoy jamoasidan ham super taklifga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!