
O‘rtoqlik o‘yini. "Navbahor" xorij klubiga qarshi durang o‘ynadi
Yuzaga kelgan FIFA kunlaridan samarali tarzda foydalanishga harakat qilayotgan "Navbahor" bugun xalqaro nazorat – sinov bahsi o‘tkazdi. Uychidagi “Paxtakor-79” stadionida Qirg‘izistonning “Neftchi” (Qo‘chqor-Ota) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.
Har ikki gol uchrashuvning 1-bo‘limida urildi. Hisobni mehmonlar ochishdi. Hujumni kuchaytirgan “lochinlar” esa tajribali himoyachi Igor Golbanning golidan so‘ng muvozanatni tikladi.
"Navbahor" klubi matbuot xizmati
Fikrlar