
O‘rtoqlik o‘yini. Qirg‘iz Respublikasi O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi bilan durang o‘ynadi
Qirg‘iziston Osiyo kubogida O‘zbekiston bilan bitta guruhdan joy olgan Suriya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Birinchi bo‘lib 48-daqiqada Akmatov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 71-daqiqada esa Hesar javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, Suriya 8-yanvar kuni Malayziyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar