O‘rtoqlik o‘yini. "Xorazm" Moldova klubi bilan bahsda durang qayd etdi
"Xorazm" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda.
Jamoa bugun yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida Moldovaning "Zibru" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. "Xorazm" safida Diyor Ortiqboev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Sergey Tokov shogirdlari 30-yanvardan 16-fevralga qadar Turkiyada mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
Fikrlar