O‘rtoqlik uchrashuvi. "Buxoro" Qozog‘iston klubiga mag‘lub bo‘ldi
"Buxoro" Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyada o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
Bugun Aleksandr Xomyakov shogirdlari yiğin doirasida Qozog‘istonning "Oqjetpes" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda buxoroliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuv davomida raqib safida Vladislav Vasil‘yev va Nurgayni Buribayev gol urgan bo‘lsa, "Buxoro"ning yagona goli Abinur Nurimbetning avtogoli orqali qayd etildi.
Fikrlar