
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Liverpul" kutilmaganda "Napoli"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Xabaringiz bor ayni damda dunyoning ko‘plab shaharlarida Evropaning grand klublari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.
Jumladan, amaldagi EChL g‘olibi – “Liverpul” Italiya grandi “Napoli”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yin kutilmaganda mersisaydliklarning 3:0 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
"Liverpul" - "Napoli" - 0:3 (0:2)
Gollar: Insine, 17 - 0:1, Milik, 28 - 0:2, Yunes, 52 - 0:3.
"Liverpul": Minole, Matip (Lovren, 62), Aleksandr-Arnold (Gomes, 73), Robertson (Xuver, 74), van Deyk (van der Berg, 79), Milner (Dankan, 79), Oksleyd-Chemberlen (Uilson, 62), Xenderson (Lallana, 62), Fabinyu (Lyuis, 79), Vaynaldum (Elliott, 79), Origi (Bryuster, 62).
"Napoli": Meret, Manolas (Kirikesh, 46), Mariu Ruy (Gulyam, 46), Maksimovich (Luperto, 61), Di Lorentso (Xyusay, 61), Zelinski, Kalexon, Mertens (Yunes, 46), Verdi (Gaetano, 61), Insine, Milik (Tutino, 74).
Fikrlar