O‘rtoqlik uchrashuvi. Messi xet-trik amalga oshirgan o‘yinda Argentina yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 29.03.2023 06:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Argentina Kyurasao bilan bo‘lgan o‘rtoqlik bahsi o‘tkazdi va raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi. 

O‘yinda Messi xet-trik amalga oshirgan bo‘lsa, Gonzales, Fernandes, Di Mariya va Montiel o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, FIFA kunlarini Argentina ikkita g‘alaba bilan yakunladi. O‘tgan matchda amaldagi jahon chempionlari Panamani ishonchli hisobda taslim qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!