O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Qatarga mag‘lub bo‘ldi

  • 30.12.2025 23:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Doha shahrida xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi doirasida Qatar U-23 jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Terma jamoaning goliga Saidumarxon Saidnurullaev mualliflik qildi.

Har ikkala jamoa ham Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgani sababli oʻyin yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, turnir 6 yanvardan Saudiya Arabistonida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!