O‘runov BAAga yo‘l oldi!
Rossiya premer-ligasida chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan “Spartak” chempionatning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshladi.
13 yanvar kuni futbolchilar “Lujniki” stadionida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 14 yanvardan o‘n kun davom etadigan dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etiladi.
.jpg?1610593912935)
Birinchi yig‘inda asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini ko‘tarishga qaratiladi.
Domeniko Tedesko boshchiligidagi murabbiylar shtabi BAAdagi yig‘inga quyidagi futbolchilarni taklif qildi.
Darvozabonlar: Timur Akmurzin, Aleksandr Maksimenko, Artyom Poplevchenkov, Artyom Rebrov, Aleksandr Selixov;
Himoyachilar: Ayrton, Georgiy Jikiya, Ilya Gaponov, Andrey Eshchenko, Samuel Jigo, Ilya Kutepov, Ruslan Litvinov, Viktor Mozes, Pavel Maslov;
Yarim himochilar: Nikita Bakalyuk, Zelimxan Bakaev, Maksim Glushenkov, Roman Zobnin, Mixail Ignatov, Aleks Kral, Dmitriy Markitesov, Stepan Oganesyan, Nail Umyarov, Oston O‘runov;
Hujumchilar: Aleksandr Kokorin, Jordan Larsson, Esekel Ponse, Aleksandr Sobolev, Pedro Rosha.
“Spartak”ning yangi futbolchisi – Yorrit Xendriks jamoa safida BAAda qo‘shiladi.
O‘runov “Spartak”ga qaytdi. Uni jiddiy sinov kutyapti
O‘runov – Premer-liganing har qanday klubini kuchaytirishga qodir!
runovni Evropada kutishyaptimi?
O‘runovdan xushxabar!
Fikrlar