O‘runov hafta o‘yinchisi bo‘lish uchun da’vogar!
Hamyurtimiz Oston O‘runov OFK tomonidan Evropa klublarida to‘p tepayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida e’tirof etildi.
Oston O‘runov "Spartak" Moskva, O‘zbekiston
90 daqiqa, 1 gol, 91 to‘p uzatish, 92% uzatmalar aniqligi ("Rodina" - "Spartak" 1:5)
19 daqiqa ("Rubin" - "Spartak" 0:2)
"O‘runov uchun ajoyib kechayotgan 2020 yil uning Rossiya kubogi doirasida "Rodina"ga qarshi bahsda debyut golini kiritgani bilan davom etmoqda. 19 yoshli futbolchining golidan tashqari, jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbalari, yarim himoya chizig‘idagi faol o‘yini ham e’tirofga loyiq",-deya ta’rifladi OFK rasmiy sayti.
15-21 sentyabr oralig‘idagi samarali o‘yinlari natijasida bir nechta kuchli futbolchilar bu sovrin uchun kurashmoqda. G‘olib ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi va uning so‘nggi muddati 26 sentyabr etib belgilangan.
Hamyurtimizga ovoz bering!
https://www.the-afc.com/news/afcsection/vote-for-your-afc-international-player-of-the-week-x2064

Fikrlar