O‘runov ko‘chib o‘tayotgan jamoa "Atletiko" futbolchisiga taklif yubordi

  • 4 avgust, 2020, 02:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Mineyro" klubining o‘ng qanot himoyachisi Guga Gomes faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Futbolchining xizmatlariga "Spartak" qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Leo Gomidening ma’lumotiga ko‘ra, moskvaliklar himoyachi uchun 4,5 mln evrolik taklif yuborgan.

21 yoshli futbolchining transfer huquqining 75 foizi "Atletiko Mineyro" klubiga tegishli bo‘lsa, yana 25 foizi "Avai" jamoasiga tegishlidir.

Avvalroq, Oston O‘runov Moskva klubining tibbiy ko‘rigidan o‘tgani va yaqin kunlar ichida uning transferi rasman e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!