O‘runov noyob futbolchi, Oston uchun kurash kuchayib boradi

  • 15 dekabr, 2020, 21:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” bosh direktorligidan ozod qilingan Shamil Gazizov o‘z faoliyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha intervyu berib, o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov haqida alohida to‘xtaldi. Ma’lumki, Shamil Gazizov yozgi transferlar vaqtida Ostonni “Ufa”dan “Spartak”ga transfer qilgani uchun ko‘p tanqidlarga nishon bo‘lishiga to‘g‘ri kelyapti.

Oston O‘runov “Spartak”ning asosiy o‘yinlaridan biriga aylanishga ulgurmagan bo‘lsa-da,  Gazizov futbolchining iqtidoriga zarracha ham shubha qilmayotganini, transfer o‘rinli bo‘lganini, O‘runovga xorijdan ham takliflar bo‘layotganini yana bir karra ta’kidladi.

- Yozgi transferlar keyingi yillardagi eng kamxarji bo‘ldi. Pandemiya sharoitida katta transferlarni amalga oshirish deyarli imkonsiz. Transferga baho berayotganda futbolchining darrov o‘ynab ketishiga qaralmaydi. Bugun o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchining ertaga o‘yini ochilib ketishi mumkin. Muhimi, olingan futbolchilarga transfer bozorida ehtiyoj borligida.

upload-TASS_41451898-pic4_zoom-1500x1500-66712_1

Bugun Oston O‘runovni nafaqat “Rubin”, balki boshqa jamoalar ham qo‘lga kiritmoqchi. Futbol bozorida buni hamma biladi.  O‘runov – bir necha jamoalar uni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurashayotgan noyob futbolchidir.

 “Spartak”ga qo‘shilib ketish doimo qiyin va murakkab jarayon bo‘lgan. Umuman, futbolda kelishi bilan yaxshi natija ko‘rsatadigan futbolchilar juda kam. Masalan, Mozes kelishi bilan nimalargadir erisha boshladi, o‘z darajasini ko‘rsatyapti. Ammo Aleksandr Kokorin Rossiyaning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lishiga qaramay, ancha qiynalayotgani ko‘rinib turibdi-ku. Ostonning hali yosh ekanini inobatga olish kerak. Eng avvalo, o‘yinchiga bahoni murabbiy beradi. Bilishimcha, Tedesko O‘runovning salohiyatini yuqori baholamoqda, - deydi Shamil Gazizov.

Shuningdek, Oston O‘runovning transferi aslida kelajak uchun ekanini ta’kidlayotganlar ham yo‘q emas.

- Oston hali yosh va tarbiyalash mumkin bo‘lgan futbolchi. Unga Rossiya futboli yulduzi darajasidagi Aleksandr Kokoringa qo‘yilayotgan talablarni qo‘yish noo‘rin. O‘runov kelajakda – o‘z davri kelganida nimalarga qodirligini ko‘rsatishiga ishonch bor, - deb yozadi “Izvestiya” nashri.

- Darhaqiqat, 19 yoshli Oston “Spartak” tarkibidagi eng yosh futbolchi ekanini unutmaslik kerak. Bu yoshda kuchli jamoa tarkibiga qo‘shilib ketish uchun muayyan vaqt kerak. Hatto Krishtianu Ronaldu ham “Manchester Yunayted”ga o‘tganida ser Aleks Fergyuson uning o‘yini ochilishini ikki mavsum sabr bilan kutgan. O‘shanda Ronaldu ham, Fergyuson ham tanqidlarga nishon bo‘lgani aniq. Shuni inobatga olgan holda O‘runov kelajak uchun olingan yaxshigina istiqbolli sarmoya, - degan fikrni ilgari surmoqda news.ru sayti jurnalisti Mixail Potapov.

Hozir “Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko O‘runovdan voz kechganicha yo‘q. Germaniyalik mutaxassis o‘zbek futbolchisining iste’dodi va mahoratiga ishonishi va o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berishini qayta-qayta ta’kidlamoqda.

1607465716371098881

Shu bilan birga, Ostonga Rossiya premer-ligasi,  Milliy futbol ligasidan tashqari xorijdan ham takliflar borligini aytilmoqda. Demak, Oston O‘runov mavzusidagi mulohazalar hali anchagacha davom etadi.

Biz uchun esa, Oston O‘runov tezroq asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida muntazam o‘yin amaliyotiga erishishi muhim. Chunki, futbolchimiz oldida o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan milliy terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqishga xizmat qilishdek sharafli mas’uliyat ham borligini unutmaslik lozim.

“Spartak” Gazizovdan nega voz kechganining asl sababini oshkor qildi. O‘runov transferining daxli yo‘q!

O‘runovning o‘rni qaerda? Hozircha, uch variant bor, lekin bu hali hammasi emas...

“Rubin” chorlayotgan O‘runov Gazizov va Tedesko o‘rtasida talash bo‘lyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
14/12/2020 22:41
Соққани қиганла ётсаям, турсаям и эмакласаям шу гаппи гапиради. Нимаям дисин? Остоннни ўзи -ғўракан!!!!!