O‘runov qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 18 oktabr, 2020, 08:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runov jarohati bois, Rossiya Premer-ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Ximki"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. 19 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig‘inida jarohat olgan edi.

Tecno

Moskva klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘runov jarohatidan forig‘ bo‘lib, maydonga qaytishi uchun yana 10 kun talab etiladi. Shu tariqa, hamyurtimiz Rossiya kubogi doirasida "Enisey" jamoasiga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!