
O‘runovga xaridor klubga transferlar uchun 50 million evro ajratildi
“Spartak” prezidenti Leonid Fedun klubning yangi bosh direktori Shamil Gazizov yangi mavsum oldidan transferlarni amalga oshirishi uchun 40-50 million evro ajratdi.
Bundan tashqari, moskvaliklar etakchi futbolchilaridan birini sotib, pul ishlashi ham ko‘zda tutilgan.
Katta transferlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Spartak” o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovga xaridor bo‘layotgan jamoalardan biri hisoblanadi. Moskvaliklarning “Ufa” futbolchisiga bo‘lgan qiziqishini Shamil Gazizov ham tasdiqlagan.
Fikrlar