
O‘runovni ayblagan murabbiy “gapiga javob beradi”
Rossiya futbol ittifoqi Etika qo‘mitasi “SKA-Xabarovsk” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Yuranning “Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runovning yoshi kichraytirilganligi haqidagi iddaolari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.
Ma’lumki, Sergey Yuranning ommaviy axborot vositalarida Oston O‘runovning yoshi 4-5 yilga kichraytirilgani haqidagi gaplari juda katta shov-shuv va tortishuvlarga sabab bo‘lgan edi. Bu masalaga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham o‘z munosabatini bildirib, raddiya bergan. O‘zbek futboli rahbariyati Yurandan gaplariga isbot va ommaviy tarzda uzr so‘rashni talab qilgan.
Rossiya matbuot tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, bu masalaga oid dastlabki yig‘ilish 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar