
O‘runovning jamoasi PUBG Mobile hamkoriga aylandi
Hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradigan "Spartak" klubi mobil jangovar turkumiga kiruvchi PUBG: Mobile o‘yini bilan hamkorlik qilishni boshladi.
Klub Georgiy Jikiya, Aleksandr Kokorin, Pavel Maslov va Ilya Gaponov ishtirokida videorolikni taqdim qildi.
Hamkorlik doirasida 30 noyabrdan 13 dekabrgacha maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. O‘yin foydalanuvchilari muayyan vazifalarni bajarganidan so‘ng, "Spartak" rasmiy liboslari va o‘yin jihozlarini qo‘lga kiritishlari mumkin.
Shuningdek, ishtirokchilar "Spartak" futbolchilari imzosi tushirilgan beshta libosdan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Fikrlar