
O‘runovning qarori to‘g‘ri chiqdi yoxud “Ufa” legionerlarsiz o‘ynamoqchi
Rossiya futbol ittifoqi ijroqo‘mi 21 iyundan chempionat o‘yinlarini tiklashga qaror qilgan edi. Endi Rossiya hukumati xorijlik sportchi va mutaxassislarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi.
O‘zbekiston futbolchi Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubi bosh direktori Shamil Gazizov legioner masalasida o‘ziga yarasha muammolar borligini e’tirof etdi.
- Besh nafar legionerimizning taqdiri ma’lum emas. Ular pandemiya tufayli o‘z yurtiga jo‘nab ketgan. Endi ular Rossiyaga qaytolmayapti. Chet elliklarning kelishiga ruxsat berilgani bilan davlatlar chegaralarni yopgan, - dedi Shamil Gazizov.
“Ufa” debyutanti Oston O‘runov pandemiya boshlanganida yurtimizga kelmasdan, Ufada qolishga qaror qildi. U va yana ikki legioner – lyuksemburglik Olive Till va moldovalik Ketelin Karpning Ufada qolgani o‘zini oqladi.
- Legionerlarning kelishi muammo bo‘lib turibdi. Ular etib kelganidan keyin ham ikki hafta karantinda o‘tirishi kerak. Agar legionerlar kelolmasa ularsiz o‘ynaymiz, - dedi Shamil Gazizov.
Fikrlar