Osimxen APL klubining taklifini o‘ylab o‘tirmay rad etdi

  • 13.07.2025 19:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" klubi hujumchisi Viktor Osimxen kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi.

Jurnalist Pedru Almeydaning xabariga ko‘ra, 26 yoshli nigeriyalik futbolchi "Galatasaray" jamoasida qolishni xohlamoqda va bu borada klub bilan kelishuvga erishilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda Osimxen bilan "Manchester Yunayted" ham bog‘langan, ammo futbolchi inglizlar bilan muzokaralar olib borishdan bosh tortgan va faqat "Galatasaray"ni tanlaganini bildirgan.

Viktorning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasida 75 million evrolik to‘lov miqdori belgilangan. Turkiya grandi bu summani to‘lashga tayyor, ammo bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taklif qilmoqda. Klublar hozirda aynan shu masala yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!