Osimxen meni urdi va tahdid qildi!

  • 24 yanvar, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Posta nashri jurnalisti Tolga Bozduman “Galatasaroy” futbolchisi Viktor Osimxen unga qo‘l ko‘targani haqida bayonot berdi.

Tecno

Voqea mashhur hujumchi kechqurun ko‘ngilochar maskanlardan biridan chiqayotganda ro‘y bergan.

- Uch nafar hamkasbimiz bilan Viktor Osimxenni ko‘ngilochar klubdan chiqib kelayotganiga ko‘rdik. Biz uni suratga olayotganimizda haqiqiy apokalipsis boshlandi. Osimxen baqirib, menga tashlandi, kameramni tortib olishga urindi.

Unga qarshilik ko‘rsatdim. Viktorning zarbasi boshimga tegdi. Boshimning o‘ng tomoni hali ham og‘riyapti.

Keyin Osimxen suratlarni o‘chirsam pul berishini aytdi. Bu taklifni rad etganimdan keyin bizni yo‘q qilishini aytib, tahdid qildi, - deb voqeani bayon qildi Tolga Bozduman.

Eslatib o‘tamiz, nigeriyalik futbolchi aslida “Napoli”ga tegishli va mavsum boshidan beri “Galatasaroy”da ijarada o‘ynayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!