
Osiyo chempionati. Bugun bokschilarimizni hech kim to‘xtata olmadi!
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Navbatdagi kun doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz o‘z bahslarini o‘tkazadi.
-48 kg da Robiya Baxtiyorova filippinlik Ofelia Magnoni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;
-51 kg da Gulsevar Ganievada Hindiston vakilasi Devika Gorpadedan 5:0 hisobida ustun keldi;
-57 kg da Xumorabonu Mamajonova qozog‘istonlik Viktoriya Baidukovani 3:2 hisobida taslim qildi;
-50 kg da Behruz Xoldorov Hindiston vakili Vishvanat Suresh ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi;
-55 kg da Samandar Olimov qozog‘istonlik Beksultan Boranbekga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0;
-60 kg da Shohrux Abdumalikov nepallik Indra Sunarni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi - 5:0;
-65 kg da Sayat Ilyasov Xitoy vakili Ming Chenni 5:0 hisobida engdi;
-70 kg da Muhammadazizbek Ismoilov janubiy koreyalik Gyubin Parkni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra taslim qildi - 5:0.
Fikrlar