Osiyo chempionati. Bugun Olimpiada sovrindorlarimiz tatamiga ko‘tariladi

  • 18.04.2026 10:51
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Xitoy davlatida o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. 

Bugun erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78, +78 kg vaznlarda medallar uchun tatamiga chiqadi. Terma jamoamizning yetti nafar a’zosi ham qit’a chempionatini yuqori notada yakunlash uchun bor mahoratini ishga soladi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorlari Muzaffarbek To‘raboev va Alisher Yusupov ham bor. 

Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:

-78 kg: Marjona Ko‘chimova — Van Che-Si (Xitoy Taypeyi)

-78 kg: Barchinoy Qodirova — Ishrup Narang (Hindiston)

+78 kg: Umida Nig‘matova — Adiyasuren Amarsayhan (Mo‘g‘uliston)

-90 kg: Nurbek Murtozoev — Bu Hebi Lige (Xitoy)

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Jalasay Jalasay (Xitoy)

+100 kg: Alisher Yusupov — Dai Yu-Ming (Koreya Respublikasi)/Perenlejamtс Usuhbayar (Mo‘g‘uliston)

+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev — Magomedomar Magomedomarov (BAA)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!