Osiyo chempionati. Nigina Oʻktamovada bronza, yana ikki hamyurtimiz esa finalda!
Mo'g'ilistonning Ulan-Bator shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionatining yarim final janglari davom etmoqda.
Bugungi birinchi to'qnashuvda, Nigina O'ktamova -57 kg vaznda hindistonlik Jasminga qarshi bahs olib bordi. Teng kurashlar ostida o'tgan yarim finalda, hakamlarning qarori bilan g'alaba raqibga topshirildi – 2:3. Shu tariqa O'ktamova bronza medalini qo'lga kiritdi.
-75 kg vazn toifasida Javohir Abdurahimov hindistonlik Akash bilan final masalasini hal qilib oldi. Butun jang mobaynida tezkorligini namoyish etgan Abdurahimov yakunda 4:1 hisobida g'alabaga erishib, final bosqichiga yo'l oldi.
-85 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jasurbek Yo'ldoshev ham hindistonlik Lokeshga raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan bahsda Yo'ldoshev har tomonlama Lokeshdan ustun keldi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Bizda yana bir finalchi!
Bugun soat 14:00 dan boshlab, kunning ikkinchi dastur janglari start oladi. Unda ham 3 nafar bokschimiz ringga ko'tarilishi belgilangan. Bu haqida O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar