
Osiyo chempionatidan oldin O‘zbekiston terma jamoasi Evropa vakili bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, 26 fevral – 8 mart kunlari qo‘shni Turkmanistonda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari o‘tkaziladi.
Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Futzalchilarimiz 10 yanvardan boshlab mazkur musobaqaga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini boshlashadi. Dastlab 10-19 yanvar oralig‘ida Toshkentda mashg‘ulotlar olib boriladi. So‘ngra 19-23 yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda yig‘in tashkil etiladi. Yig‘in doirasida mazkur mamlakat milliy jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkaziladi.
Yig‘inga murabbiylar shtabi 20 nafar futzalchini jalb etdi:
Darvozabonlar:
Rustam Umarov (AGMK)
Ravshan Eliboev ("Paxtakor")
Klim Tyugaev ("Lokomotiv")
Abbos Elmurodov ("Lokomotiv")
Futzalchilar:
Anasxon Rahmatov (AGMK)
Ixtiyor Ropiev (AGMK)
Mashrab Odilov (AGMK)
Ilhom Hamroev (AGMK)
Husniddin Nishonov (AGMK)
Dilshod Rahmatov (AGMK)
Davron Choriev ("Paxtakor")
Akbar Usmonov (AGMK)
Sunnatilla Jo‘raev ("Nasaf")
Konstantin Sviridov ("Maksam-Chirchiq")
Javlon Anorov ("Maksam-Chirchiq")
Artur Yunusov ("Lokomotiv")
Dilmurod Shavkatov ("Paxtakor")
Xushnur Erkinov ("So‘g‘diyona")
Abdulla Solihov ("Lokomotiv")
Shohzod Sa’diev ("Dinamo")
Manba: UFA rasmiy sayti
Fikrlar