Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Osiyo chempionatining birinchi kunida 4 ta medalni qo‘lga kiritdik

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Yosh kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi.

Vetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi. U23 toifasidagi “klassik” kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Oltin medal:
-72 kg: Abdulla Aliev
-82 kg: Samandar Bobonazarov

Kumush medal:
-60 kg: Mehroj Bahromov

Bronza medal:
-67 kg: Og‘abek Muqimov

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q