Osiyo Chempionlar ligasi finalini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi!

  • 23 may, 2024, 16:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

25 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabida mezbon “Al-Ayn” hamda Yaponiyaning “Yokogama Marinos” jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, “Xazza bin Zayd” stadionida kechadigan hal qiluvchi o‘yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Tantashevga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynulin yordamlashsa, Rustam Lutfulin hamda Sanjar Shayusupov zaxira hakami sifatida faoliyat yuritadi.

“Al-Ayn” va “Yokogama Marinos” jamoalarining 11 may kuni Yaponiyada kechgan dastlabki uchrashuvida 2:1 hisobida “Yokogama Marinos”ning qo‘li baland kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
24/05/2024 01:01
Бу гал хато килига хакки йук!
Bahrom Yunusov
23/05/2024 18:31
Surxon nasaf o'yinida hato qildi lekin