
Osiyo kubogi. Ilgiz Tantashevga muhim o‘yin topshirildi
Oisyo kubogining 3-turidan o‘rin olgan Eron - BAA o‘yini juda muhim sanaladi. Sababi, mazkur uchrashuv "C" guruhida kim birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olishini belgilab beradi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu to‘qnashuvni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi.
O‘zbekistonlik mutaxassis bundan oldin Indoneziya - Iroq uchrashuvida bosh hakam sifatida ishladi. Unda iroqliklar ishonchli 1:3 hisobida zafar quchgandi. Xesus Kases shogirdlari ikkinchi turda Yaponiyani ham taslim qilib, guruhdan peshqadam sifatida chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Ilgiz Tantashev BAAning JCh saralashidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahsini, Eronning (U-23) esa 2016 yilda Xitoyga qarshi uchrashuvini boshqarib borgan. Mazkur o‘yinlarda BAA mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Eron 3:2 hisobida zafar quchgan.
Fikrlar