
Osiyo kubogi U-20. O‘zbekiston turnirni g‘alaba bilan boshladi
Xitoy yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi start oldi.
Dastlabki tur doirasida terma jamoamiz Yaman yoshlariga qarshi bahs olib bordi.
Jangovar tarzda kechgan bellashuvda yoshlarimiz minimal ustunlikda g‘alaba qozondi - 1:0.
O‘yindagi yagona gol birinchi bo‘limning 26-daqiqasida Muhammadali O‘rinboev tomonidan kiritildi. Shu tariqa, musobaqaning amaldagi chempionlari turnirni g‘alaba bilan boshladi.
- Osiyo - OFK U20 Osiyo kubogi
- Guruh bosqichi

O'zbekiston
- M. O'rinboyev 26'
Tugadi
1
:
0
13.02.2025 14:15

Yemen U20
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar terma jamoamiz "C" guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruh doirasidagi navbatdagi Eron - Indoneziya o‘rtasidagi bellashuv 16:30da start oladi.
Fikrlar