
Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston futzal terma jamoasining raqiblari ma’lum (Foto)
Bugun 2022 yil Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Marosim Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkazildi.
Unda jamoalar guruhlar va raqiblarini bilib olishdi. O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan o‘rin oldi. Bahodir Ahmedov shogirdlari ushbu kvartetda Tojikiston, Afg‘oniston va Nepal bilan kuch sinashadi.
Bahslar 2022 yilning 1-15 aprel kunlarida o‘tkaziladi.
“A” guruhi
Eron
Qirg‘iziston
Turkmaniston
Maldiv
“B” guruhi
O‘zbekiston
Tojikiston
Afg‘oniston
Nepal
Fikrlar