Osiyo oʻyinlari-2026: 26 sentabr — Oʻzbekiston medallar sari

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kanoe va baydarkada eshkak eshish bo‘yicha Qozog‘iston ayollar terma jamoasi Yaponiyada o‘tayotgan yozgi Osiyo o‘yinlarida 500 metr masofaga baydarka-to‘rtliklar bahsida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Qozog‘iston sharafini ushbu musobaqada Olga Shmeleva, Tatyana Tokarnitskaya, Stella Sukhanova va Evelina Kostenko himoya qildi. Terma jamoa finalda 1 daqiqa 37,005 soniya natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi. Ular g‘olibdan 3,221 soniyaga orqada qoldi. “Oltin” medalni 1:33,784 natija bilan Xitoy terma jamoasi qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston vakillari esa 1:36,561 vaqt ko‘rsatkich bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa Qozog‘iston terma jamoasining Osiyo o‘yinlari–2026 dagi umumiy hisobidagi medallar soni 26 taga yetdi: 8 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza. O‘yinlar 4 oktyabr kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!