Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo oʻyinlari-2026: Yana oltin! Pokiza hamma raqibalarini yengdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Kurashda bizga yetadiganiy yo‘q

XX Osiyo oʻyinlarining 28 sentabr kungi bellashuvlari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Pokizaxon Kamoliddinova -78 kilogram vazn toifasining soʻnggi hal qiluvchi final bosqichida Sumin Moga (Janubiy Koreya) qarshi raqobatlashdi. Bahsda sportchimiz gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi. Darvoqe, bu vaznda bahs olib borgan yana bir vakilimiz Shohista Nazarova bronza medalga sazovor boʻlgan edi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasining medallari soni 11 ta oltin, 17 ta kumush va 12 ta bronza, jami 40 taga yetdi. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q