Osiyo o‘yinlari: Abdumalik Halakov g‘alabali odimini davom ettirdi

  • 30 sentabr, 2023, 12:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining boks bahslari yanada qizg‘in tus olmoqda. Bugungi kun dasturidan bir qator vakillarimiz ning chiqishi o‘rin olganligi borasida xabaringiz bor.

Ularning dastlabkisida -57 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Halakov ringga ko‘tarildi. U Vetnam vakili Von Duong Nguenga qarshi bahs yuritdi.Kutilganidek, yurtdoshimiz uch raund raqibiga "master-klass" o‘tib berdi va xaqli ravishda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.U navbatdagi bosqichda filippinlik Paalamga qarshi ringga ko‘tariladi.

Oldinda bizni Nigina O‘ktamova, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘daev va Bahodir Jalolov janglari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!