
Osiyo O‘yinlari: Bokschimiz To‘rabek Habibullaev ilk jangini o‘tkazdi
Xanchjouda start olgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari, 1-kun dasturidan o‘rin olgan janglarda ilk vakilimiz ringga ko‘tarildi. -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To‘rabek Xabibullaev Nepal vakili Dipak Shrestaga qarshi bahs yuritdi.
Quvonarlisi To‘rabek raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 5:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur g‘alaba bilan yurtdoshimizni tabriklaymiz. Oldinda bizni Nigina o‘ktamova ishtirokidagi jang kutib turibdi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar