
Osiyo o‘yinlari: Lazizbek Mullajonovdan ishonchli g‘alaba!
Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ikkinchi vakilimiz ham o‘z jangini o‘tkazdi. -92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mullajonov ilk jangidayoq jiddiy raqib, hindistonlik Sanjitga qarshi jang qildi.
Anchagina murosasiz kechgan jangda iste’dodli vakilimiz bir bosh ustunlik bilan g‘alaba qozondi. 2-raundda hisobni ochishga ham erishdi. Kutilganidek, yakuniy hisob, 5:0 ko‘rinish oldi. Endi Mullajonov navbatdagi bosqichda Xitoy vakili Xan Xue bilan to‘qnash keladi.
Oldinda esa bizni -63,5 kg vaznda Ruslan Abdullaevni jangi kutib turibdi.
Fikrlar