Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchida doping aniqlandi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Bu haqda Xalqaro antidoping Agentligi xabar bergan.

Xitoyning Hanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan 19 Osiyo o‘yinlarida doping sinamalari ham olinib tekshirilmoqda.

Xalqaro antidoping agentligi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik velosportchi Aleksey Fomovskiydan olingan sinamalarda ta’qiqlangan anobolik androgenik steroid moddasi aniqlangan.

Bu haqda sportchi ogohlantirilib, unga vaqtinchalik ta’qiq qo‘yilgan. Unda ikkinchi ma’rotaba ham tekshiruv o‘tkaziladi va shundan so‘ng natijalar Sport arbitraj sudiga taqdim etiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q