Asosiy mazmunga oʻtish

Osmirlarimiz 26 ta medal bilan Osiyo Kubogida birinchi o‘rinni egalashdi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Almati shahrida dzyudo bo‘yicha Beket Maxmutov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan qit’a kubogining kadetlar bahslari yakuniga yetdi

Qozogʻistonning Almaty shahrida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida dzyudo  boʻyicha Beket Maxmutov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan Osiyo Kubogining kadetlar bahslari yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, 12 davlat ishtirokida kechgan ikki kunlik bellashuvlar yakunida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 26 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni band etishdi. Qozogʻiston zaminida hammadan koʻp - 8 marotaba Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Qozogʻiston terma jamoasi 7 ta oltin, 8 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Bittadan oltin va bronza medalini qoʻlga kiritgan Xitoy Taypeyi terma jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.

Oltin medal:
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva
-57 kg: Ziyoda Javlonova
-63 kg: Parizoda Yuldasheva
-50 kg: Akbar Sharifov
-60 kg: Ozodbek Olimov
-73 kg: Tohir Qosimov
-81 kg: Jasurbek Turkmanov
-90 kg: Bilolbek Abdugapparov

Kumush medal:
-57 kg: Charosoy Ōktamboyeva
-50 kg: Safohoʻja Sayfulloyev
-66 kg: Mirsaid Jōraev
-81 kg: Mirzohid Xudoyqulov
-90 kg: Elnur Xolmurodov
+90 kg: Alibek Durdiev

Bronza medal:
-40 kg: Farangiz Baxtiyorova
-44 kg: Nozima Normurodova
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-52 kg: Nilufar Shuxratova
-63 kg: Gulsanam Hazratova
-63 kg: Dinora Samandarova
-70 kg: Ziyoda Shomurodova
-50 kg: Temurmalik Eshpulatov
-66 kg: Lutfulloh Akbarov
-73 kg: Vohidjon Shermamatov
-81 kg: Shomurod Shomurodov

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q