Oston O‘runov jamoasi Rossiya chempionati etakchilaridan biri bilan durang o‘ynadi. Hamyurtimiz esa...
Rossiya Premer ligasi 28-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Ufa" uchrashuvi o‘tkazildi. Hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p tepayotgan "Ufa" safardan ochko olishni uddaladi.
Bellashuvda mehmonlar birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Ammo bahs oxirlarida g‘alabani boy berishdi va uylariga 1 ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi.
O‘runov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 42-daqiqada sariq kartochka oldi hamda 90-daqiqada almashtirildi.

Fikrlar