
Oston O‘runovni endi kim shug‘ullantiradi? Yoxud "Ufa"ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzod ma’lum
Avval xabar berganimizdek, Rossiya premer-ligasining 24-turida Moskvada “Dinamo”ga 4:0 hisobida imkoniyat boy berilgach, “Ufa” bosh murabbiyi Rashid Rahimov iste’foga chiqarildi.
"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov esa ushbu lavozimga jamoaning sobiq ustozi Vadim Evseevni qaytishi mumkinligini inkor etmadi.
"Futbolchilar shaxsan buni mendan so‘rashmadi. Ammo bu hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin", — dedi Gazizov RIA Novosti nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa” safida hamyurtimiz Oston O‘runov ham to‘p surmoqda. Vadim Evseev esa ushbu jamoani 2019 yilning martidan 2020 yilning oktyabrigacha boshqargan edi. Oston ushbu murabbiy qo‘l ostida qisqa muddat bo‘lsa ham shug‘ullangan.
Fikrlar