
Oston O‘runovning kelajagiga oydinlik kiritildi
“Spartak” bosh direktori Evgeniy Melejikov klubning Oston O‘runov borasidagi rejalari haqidagi savollarga javob berdi.
- O‘runovning taqdiri nima bo‘ladi?
- Biz ham barchasiga oydinlik kiritishni istaymiz. O‘runov yoshlar jamoasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Ayni paytda uning agentlari Ostonga yangi jamoa izlashmoqda. Biroq futbolchining vakillari buni amalga oshirishiga ishonchimiz komil emas, — deydi Melejikov.
O‘runovning "Spartak" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar