Oston O‘runovning "Spartak"dagi debyuti muvaffaqiyatli bo‘ldi (video)
Kecha Rossiya premer-ligasining 6-turida “Spartak” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, moskvaliklar safidagi hamyurtimiz Oston O‘runov 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Bu mavsumlar oralig‘idagi “Ufa”dan “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchining debyut uchrashuvi bo‘ldi. Moskva grandi esa bu bellashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar