Ot izini toy bosolmadi! Bekxemning o‘g‘li porlamay turib futboldan ketdi

  • 01.09.2024 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya futboli yulduzi Devid Bekxemning o‘g‘li Romeo professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

22 yoshli o‘yinchi “Brentford”ni tark etib, o‘zini moda sohasiga bag‘ishlaydigan bo‘ldi.  Bu haqda The Sun nashri ma’lumot tarqatdi.

Romeoga “Brentford” juda yoqdi, biroq u o‘zining jiddiy qiziqishi bo‘lgan moda sohasiga bor e’tiborini qaratishni ma’qul ko‘rdi, - deyiladi The Sun nashri tarqatgan xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Romeo yaqinda Parijdagi nufuzli moda agenti bilan shartnoma imzolagan va yaqin kelajakda moda olamidagi mashhur brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!