
Ot yo‘rttirish bo‘yicha O‘zbekiston kubogida g‘oliblar aniqlandi
17-19 oktyabr kunlari poytaxtimizda ot yo‘rttirish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublika oliy sport mahorati maktabi bazasida o‘tgan musobaqada mamlakatimizning turli chekkalaridan tashrif buyurgan chavandozlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Qayd etish joiz, ushbu yo‘nalish Olimpiya o‘yinlari dasturidan olgan. Mazkur musobaqa murabbiylar shtabi uchun terma jamoaning asosiy tarkibiga nomzod iqtidorli yoshlarni saralab olish imkonini taqdim qildi. O‘zbekiston kubogining g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.
Fikrlar