
Otabek Shukurov jamoasi qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita gol urib, finalga yo‘l oldi
BAA prezident kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Sharja" – “Al-Vasl” o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Sharjaliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgandi.
Ma’lumot uchun, "Sharja" finalda "Al-Vahda"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar