O‘tgan o‘yinda gol urgan Shomurodov to‘purarlar ro‘yxatida o‘z imkoniyatini yaxshilab oldi (ro‘yxat)

  • 11 iyun, 2021, 12:16
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun navbatdagi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan mini-turnirda ishtirok etayotgan vakillarimiz 23:00 da Yaman termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ungacha arab diyorida 1 ta o‘yin o‘tkazgan Abramov shogirdlari Singapurni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Ushbu bellashuvda terma jamoamiz etakchilari Jaloliddin Masharipov, Odil Ahmedov hamda Eldor Shomurodov o‘zini ko‘rsatib, raqib darvozasiga to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Singapur darvozasiga kiritilgan gol orqali Shomurodov qit’a miqyosidagi to‘purarlar kurashida o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi. Hozirda, Eldor hisobida 7 gol mavjud. Umumiy jadvalni esa, "Liverpul" futbolchisi, yaponiyalik Takumi Minamino boshqarib bormoqda. Quyida kuchli o‘ntalik bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:

1. Takumi Minamino (Yaponiya) 9 gol;

2. Ali Mabxut (BAA) 8 gol;

2. Yuya Osaka (Yaponiya) 8 gol;

4. Omar Al-Soma (Suriya) 7 gol;

4. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston) 7 gol;

6. Mahmud Al-Mavas (Suriya) 6 gol;

6. Almoez Ali (Qatar) 6 gol;

6. Karim Ansarifard (Eron) 6 gol;

6. Sardor Azmun (Eron) 6 gol;

6. Baxa Faysal 6 gol;

6. Kim Sin-Uk (Janubiy Koreya) 6 gol;

6. U Ley (Xitoy) 6 gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!