Ovora bo‘lmanng! Bu futbolchi sotilmaydi
“Nyukasl” klubi rahbariyati chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni sotish niyatida emas. Futbolchiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bu yozda “Nyukasl” allaqachon Sandro Tonali va Entoni Gordon bilan xayrlashdi. Jamoa sardori Bruno Gimaranish esa “Arsenal”ga o‘tmoqda.
Shu bois muxlislar Xoll ham klubni tark etishidan xavotirda. Ammo The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli ingliz futbolchisi “Sent Jeyms Park”da qoladi.
Haqiqatan ham Xollga “Manchester Yunayted” qiziqmoqda. Mankunianliklar Lyuk Shouga raqobatchi izlamoqda. Biroq ushbu transferni amalga oshirish juda qiyin deb baholanmoqda. “Nyukasl”ga yaqin manbalar Lyuis bu yozda klubni tark etmasligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar