Oxirgi finalchimiz turnirni kumush medali bilan yakunladi
Ahmadbek Eshmatov
Bokschimiz finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Hozirgina "Thailand Open" turnirining hal qiluvchi janglari o‘z nihoyasiga etdi.
Oxirgi finalchimiz Feruza Kazakova va mezbonlar vakilasi Natnicha Chongprongklang -54 kg da chempionlik uchun kurash olib bordi.
To‘liq 3 raund davom etgan bahsda Kazakova ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani kumush medali bilan yakunladi.

Izohlar (0)