Oyarsabal Yevropa Ligasida g‘aroyib rekord o‘rnatdi
Bunaqasi ilgari bo‘lmagan
«Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal «Lillestrøm»ga qarshi Yevropa Ligasi uchrashuvida tarixiy natija qayd etdi.
Bask jamoasi sardori bor-yo‘g‘i 8 daqiqayu 24 soniya ichida uchta golli pas berdi. «The Touchline» nashri ma’lumotiga ko‘ra, bu Yevropa Ligasi tarixidagi eng tezkor assistentlik xet-trigi sifatida qayd etildi.
29 yoshli futbolchining barcha golli uzatmalari o‘yinning 25-daqiqasidan 33-daqiqasigacha bo‘lgan qismga to‘g‘ri keldi.
58-daqiqada Oyarsabal maydonni tark etdi, ammo «Real Sosyedad» hujumni to‘xtatmadi va Norvegiya klubi darvozasiga yana uchta gol urdi. Uchrashuv 6:0 hisob bilan yakunlandi.
La Liga vakili umumiy bosqich turnir jadvalidа uch turdan so‘ng to‘rt ochko jamg‘argan holda 14-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)