O‘yin davomida bittagina zarba bergan Vetnam Yaponiyani 2 ochkodan mahrum qildi

  • 29.03.2022 17:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom etmoqda. Xususan, Osiyo qit’asida 3-bosqichning so‘nggi, 10-turiga start berildi.

JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgan Yaponiya o‘z maydonida Vetnam bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar safida Maya Yoshida kiritigan golga Nguen Txen Bin javob qaytardi. Bu mehmonlarning o‘yindagi ilk va yagona zarbasi edi.

Shu tariqa, "samuraylar" 22 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Biroq Saudiya Arabistonida 1-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyati bor. 6-o‘rindagi Vetnam hisobida 4 ochko bor.

image_2022-03-29_17-39-55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!