
O‘z joyini Mourinoga "bo‘shatib" bergan mutaxassis "Tottenxem"da ish boshlashi kutilmoqda
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Paulu Fonseka bo‘lishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” portugaliyalik mutaxassis bilan to‘liq kelishuvga erishgan. Tomonlar 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Fonsekaning "Tottenxem"dagi yillik maoshi 4 mln evroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Fonsekaning so‘nggi ish joyi "Roma" klubi bo‘lgan edi. Hozirda uning o‘rnini "Tottenxem"ning sobiq ustozi Joze Mourino egallagan.
“Tottenxem” o‘tgan mavsum APLning 7-o‘rinda yakunladi. London klubi yangi mavsumda UEFA Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar