O‘z "Supermen"iga ega, saralashda Italiyadan ustun kelgan, "banklar yurti" hisoblanadigan Shveytsariya terma jamoasi bilan tanishamiz

  • 14 noyabr, 2022, 19:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Tecno

Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz, yana bir bor eslatib o‘tib ketamiz.

kubokmira

Mundial startiga 6 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "G" guruhi vakili Shveytsariya orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

Shveytsariya terma jamoasi, Shveytsariya futbol assotsiatsiyasi (Swiss Football Association, SFA).

Tashkil topgan: 1895 yil (FIFA'ga 1904 yil a’zo bo‘lgan).
Bosh murabbiy: Murat Yakin.
Jamoa sardori: Granit Jaka (laqabi "Supermen").

Ilk rasmiy bahsi: Frantsiya - Shveytsariya 1:0 (1905 yil).
Eng yirik g‘alaba: Shveytsariya - Litva 9:0 (1924 yil).
Eng yirik mag‘lubiyatlar: Shveytsariya - Angliya 0:9 (1909 yil) va Vengriya - Shveytsariya 9:0 (1911 yil).

Ayni dam mazkur terma jamoa FIFA reytingida 15-o‘rinni band etib turibdi. Ularning reytingda eng yuqori ko‘rsatkichi 3, eng pasti esa 83-o‘rin bo‘lgan.

Ushbu yurt termasi bunga qadar o‘tkazilgan jahon chempionatlarida 12 bora ishtirok etgan. Ilk bor "banklar yurti" vakillari 1934 yilgi Italiya yashil maydonlarida o‘tgan mundialda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan. Eng yaxshi natijasi 1934, 1938 va 1954 yillarda qayd etilgan. O‘shanda jamoa nimchorak finalda o‘z yurishini to‘xtatgan.

switz

Turnirgacha bosib o‘tilgan yo‘l

Shveytsariya terma jamoasi mundial yo‘llanmasi uchun kechgan saralash bahslarida ajoyib tarzda ishtirok etdi. 5 jamoa ichida terma 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Saralash turnirida "qizil hochlilar" 18 ochko bilan 1-o‘rinni band etdi. 5 g‘alaba va 3 durang qayd etgan terma vakillari 15 gol urib, o‘z darvozasidan 2 to‘p olib chiqdi. 

Bundan tashqari, jamoa "JCh-2022" oldidan bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdi:

shve

Tarkibdagi futbolchilarning transfer narxi taniqli "Transfemarkt" talqiniga ko‘ra, 281 million evroni tashkil etadi.

Bosh murabbiy Murat Yakin quyidagi futbolchilarni Qatardagi mundialga jalb etgan:

Darvozabonlar: Gregor Kobel, Yonas Omlin, Filipp Ken, Yan Zommer.

Himoyachilar:  Manuel Akanji, Niko Elvedi, Rikardo Rodriges, Silvan Vidmer, Fabian Sher, Eray Jemert .

Yarim himoyachilar: Ardon Yasari, Granit Jaka, Denis Zakariya, Jerdan Shakiri, Jibril Sou, Kristian Fassnaxt, Mishel Ebisher, Noa Okafor, Remo Froyler, Renato Shteffen, Ruben Vargas, Fabian Rider, Fabian Fray, Edimilson Fernandesh.

Hujumchilar: Breel Embolo, Xaris Seferovich.

swit

"JCh-2022"dagi taqvimi

Avval aytganimizdek, Shveytsariya futbol bo‘yicha eng nufuzli turnirning "G" guruhida Braziliya, Serbiya hamda Kamerun kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan. Ularning taqvimi quyidagicha:

24 noyabr 

15:00 Shveytsariya - Kamerun.

28 noyabr 

21:00 Braziliya - Shveytsariya.

2-dan 3 dekabrga o‘tar kechasi

00:00 Serbiya - Shveytsariya.

 

Shohrux Zoirov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!