O‘zbek "Ajdar"ining navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!

  • 1 sentabr, 2024, 16:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Og‘ir vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o‘zbekistonlik MMA ustasi Azamat Nuftillaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. U 28 sentyabr kuni Sloveniyaning Lyublyana shahrida oktagonga ko‘tariladi. "Brave 88" turnirida "Ajdar" nomi bilan tanilgan yurtdoshimiz Litva vakili Pavel Daylidkoga qarshi jang qiladi. Azamat so‘ngi jangini 2023 yil 7 oktyabr kuni  "Open FC 35" turniri doirasida braziliyalik Edivan Santosga qarshi o‘tkazib, juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Daylidko esa joriy yil 20 aprelda "Brave 81" turnirda lixtenshteynlik Valdrin Istrefini mag‘lub etgan. Har ikkisi bitta mag‘lubiyatdan keyin 3 ta g‘alabali seriyaga ega. Daylidko hozirda UFCda jang qilayotgan Shamil Gaziev bilan ham jang qilgan va nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Nuftillaevning rekordi 12-1-1 ko‘rinish olgan bo‘lsa, Daylidko 8-2 rekordga ega. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!